Akmal Mozgovoy Jahon chempionatidagi raqiblar, "Nasaf"ning Elit OCHLdagi ishtiroki va "Baniyas" haqida gapirdi
16 dek 21:27
Yangiliklar
Akmal Mozgovoy Jahon chempionatidagi raqiblar, "Nasaf"ning Elit OCHLdagi ishtiroki va "Baniyas" haqida gapirdi
– Nega aynan "Baniyas"ni tanladingiz?
– Menga "Baniyas" taklif bilan chiqdi. Oldimda boshqa tanlovlar ham bor edi. Biroq, yaxshi tanlov bo'lgani uchun "Baniyas"ni tanlashga qaror qildim.
– Otabek Shukurov jamoaga kelishi sizga qanchalik yordam berdi?
– Bu menga katta yordam berdi. Biz terma jamoada ham o'ynaymiz. Umuman, o'zbek futbolchisini bizning jamoaga kelishi juda yaxshi.
– "Nasaf" nega Elit OCHLda omadsizlikka uchradi?
– "Nasaf" chempionlikni maqsad qilgandi, shu sababli Elit OCHL biroz chetga surib qo'yildi. Sabab shunda.
– Fabio Kannavaro qanday murabbiy ekan?
– Uni tariflash ham shart emas. Buni oxirgi o'yinlarda ko'rdingiz. "Oltin to'p" sohibi, Jahon chempionati g'olibi, ortiqcha tarifga hojat yo'q.
– Jahon chempionatidagi raqiblarimiz haqida gapirsangiz...
– Ronalduga qarshi o'ynash hammaning orzusi. Kolumbiya ham kuchli terma jamoa, tarkibida zo'r o'yinchilar bor. Menimcha, kuchli guruhga tushdik.
– Jahon chempionatida uchta o'yinimiz uchta shaharda. Bu bizga qiyinchilik tug'diradimi?
– Unchalik ham qiyinchilik tug'ilmaydi. Barcha sharoitlar bo'ladi. Guruhdan chiqishga harakat qilamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar