Kroos "GFR oldidagi xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlandi
28 noy 2025 16:22
Yangiliklar
Kroos "GFR oldidagi xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlandi
"Real" sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos Germaniyada yuksak ordenga loyiq ko'rildi, deb xabar berdi Madrid klubi matbuot xizmati.
Marosim "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tdi.
Mukofotni futbolchiga Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer topshirdi. Marosimda "Real" prezidenti Florentino Peres, bosh murabbiy Xabi Alonso, shuningdek, futbolchilar Federiko Valverde va Antonio Ryudiger ishtirok etdi.

Kroos 2024 yilda faoliyatini yakunladi. U "Real" bilan Ispaniya chempionati g'olibligini 4 marta, Chempionlar Ligasini 5 marta, Ispaniya Superkubogi va UEFA Superkubogini 4 marta qo'lga kiritgan. "Bavariya" bilan esa Germaniya chempionatini 3 marta, Germaniya Kubogi va Chempionlar Ligasini 1 martadan yutgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar