Donnarumma - FIFA talqiniga ko'ra 2025 yilning eng yaxshi darvozaboni
16 dek 17:35
Yangiliklar
Donnarumma - FIFA talqiniga ko'ra 2025 yilning eng yaxshi darvozaboni
"Manchester Siti" va Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Donnarumma 2025 yilning eng yaxshi posboni deb etirof etildi.
Bu haqda FIFA matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilda italiyalik futbolchi PSJ bilan Franciya chempionligini qo'lga kiritdi, shuningdek, Chempionlar Ligasi va mamlakat Kubogida g'alaba qozondi. Yozda Jiji 35 million evro evaziga "Manchester Siti" safiga o'tdi.

Bundan tashqari, u Chempionlar Ligasida mavsum ramziy terma jamoasidan ham joy olgandi.
Ayni paytga qadar Donnarumma "shaharliklar" libosida 18 o'yin o'tkazib, 16 ta gol o'tkazib yubordi va 8 bor darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yili "The Best FIFA-2024" mukofotini "Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martines qo'lga kiritgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar