Musiala 164 kundan so'ng "Bavariya"ning umumiy guruhida mashg'ulotlarida qatnashdi
16 dek 20:55
Yangiliklar
Musiala 164 kundan so'ng "Bavariya"ning umumiy guruhida mashg'ulotlarida qatnashdi
Jamal Musiala jarohatdan so'ng "Bavariya"ning umumiy guruhiga qisman qaytdi.
"Bavariya" yarimhimoyachisi Jamal Musiala jarohatdan so'ng birinchi marta umumiy guruhda mashq qildi. Avvaliga Musiala klublar o'rtasidagi Jahon chempionati chorak finalida PSJga qarshi o'yinda (0:2) darvozabon Janluiji Donnarumma bilan to'qnashgandan so'ng kichik boldir suyagini sindirib olgan edi.
Bugun, 164 kunlik tiklanishdan keyin, yarimhimoyachi ilk bor "Bavariya"ning umumiy guruhida mashg'ulotning bir qismini o'tkazdi. Jamoa bilan birga Musiala chigil yozdi va mashqlarning bir qismini bajardi, so'ngra individual dastur bo'yicha mashg'ulotni davom ettirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar
Барсага ўтишини истардим, жароҳатлар бўлмаганида Зиданни издоши эди.