Deku: “Messi muxlislarning yodida abadiy qoladi, Ronaldu tarixdagi eng zo'rlardan biri”
31 may 2020 21:50
Yangiliklar
Deku: “Messi muxlislarning yodida abadiy qoladi, Ronaldu tarixdagi eng zo'rlardan biri”
Portugaliyalik sobiq futbolchi Deku “Barselona” etakchisi Lionel Messi hamda “Yuventus” aosi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.
“Messi kabi futbolchi dunyo yuzini ko'rishini tasavvur qilish qiyin edi. Uni tarixdagi eng buyuk futbolchilardan biri deb hisoblayman, 10-12 yil davomida ko'plab gollarni urib kelmoqda. Leogacha bunga ishonib bo'lmas edi, u muxlislar xotirasida abadiy qoladi. Ko'ramiz, 20 yil ichida yana u kabi kimdir paydo bo'lib qoladimi.
Ronaldu esa Messidan farq qiladi, lekin uning mahoratini o'ziga moslashtirgani etiborimni tortgan. Krishtianu qanotda o'ynashni boshlagan, ammo asta-sekin futbolchi sifatida o'sib bordi. U tarixdagi eng zo'rlardan biri va buyuk sportchidir”, deydi Deku.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar