Eshli Koul Italiya klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi
16 mar 14:01
Yangiliklar
Eshli Koul Italiya klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi
Bu haqda klub matbuot xizmati malum qildi.
45 yoshli mutaxassis bilan tuzilgan shartnoma 2026 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan bo'lib, uni uzaytirish imkoniyati ham mavjud. Bundan avval Koul murabbiylik faoliyatida "Chelsi" yoshlar jamoasi bilan ishlagan, shuningdek, Angliya yoshlar va asosiy terma jamoalarida, "Everton", "Chelsi" va "Birmingem" klublarida murabbiy assistenti bo'lib ishlagan.
30 turdan so'ng "Chezena" B Seriya turnir jadvalida 40 ochko bilan 8-o'rinni egallab turibdi.
Futbolchilik faoliyati davomida Koul "Arsenal" bilan ikki marta Angliya chempioni bo'lgan, uch marta mamlakat kubogini va ikki marta Superkubokni qo'lga kiritgan. "Chelsi" bilan esa Angliya chempionligi, to'rtta Angliya Kubogi, Liga Kubogi, mamlakat Superkubogi, Chempionlar Ligasi va Evropa Ligasida g'olib chiqqan. U APLda jami 384 o'yin o'tkazib, 15 ta gol urgan. Angliya terma jamoasi safida esa 107 bahsda maydonga tushgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar