O'yin davomida bittagina zarba. U "Siti" "Arsenal"dan 9 ochko ortda qolib ketishiga etarli bo'ldi
16 mar 11:20
Yangiliklar
O'yin davomida bittagina zarba. U "Siti" "Arsenal"dan 9 ochko ortda qolib ketishiga etarli bo'ldi
"Arsenal" APL 31-turida qiyinchilik bilan, lekin "Everton"ni mag'lubiyatga uchrata oldi va o'sha pallada ikkinchi o'rindan 10 ochkoga ilgarilab ketdi. Ammo "Siti" zaxirasida 2 ta o'yin bor edi. Va ulardan birinchisini «shaharliklar» safarda "Vest Xem"ga qarshi o'tkazishlari zarur edi.
Etiborli jihati bu bahsda Gvardiola zaxira o'rindig'ida o'tira olmasdi — murabbiyning sariq kartochkalari soni ko'payib ketdi. Ispaniyalik mutaxassis Londondagi Olimpiya stadionidagi uchrashuvni tribunadan, deyarli 90 daqiqa qo'lida telefon bilan tomosha qildi. Norasmiy malumotlarga ko'ra, u maydon chetida quloqchinlar bilan o'yinni kuzatgan Pep Leynders bilan aloqada edi.
To'g'risini aytganda, dastlabki 30 daqiqa ancha sokin ruhda kechdi. "Siti" 77% vaqt davomida to'pga egalik qildi, ammo chinakamiga xavfli vaziyatlar yarata olmadi. Undan keyin esa tanaffusgacha har ikki jamoa gollar bilan almashishdi. Avvaliga Bernardu Silva to'pni darvozabon ustidan tashlab qo'ydi, aslida bu vaziyatda portugaliyalik to'pni sheriklariga uzoq burchakka tashlab bermoqchi edi. Qanday bo'lsa-da, juda chiroyli gol chiqdi va mavsum oxirida shartnomasi yakuniga etadigan Bernardu "Siti"ni tark etishiga ishonish ham qiyin.

Biroq ikki daqiqa o'tib Donnarumma darvozasini ham ishg'ol etishdi. Biroq bu safar darvozabonga savollar paydo bo'ldi. Burchakdan Bouenga yo'naltirilgan to'p ancha uzoq vaqt havoda uchdi va golkiper bir qarorga kelishi uchun etarli imkoniyatga ega edi. To'pga chiqishga uringan italiyalik esa unga eta olmadi, darvoza esa bo'sh qolgandi. O'z navbatida, darvozabon Mavropanosning darvoza to'qqizligiga zarbasini qaytarishi ham deyarli imkonsiz edi. To'p darvoza to'siniga tegib, chiziq ortiga tushdi.

«Vest Xem»ning o'yindagi statistikasi: darvozaga bitta zarba va 1 ta gol. «Siti» taxmin qilinganidek faolroq edi. Birinchi bo'limning o'zida Xoland o'zi zarba bermay, to'pni Semenoga tashladi, Antuan esa darvozani aniq nishonga ola bilmadi. Ikkinchi bo'limda darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqqan norvegiyalik uzoq burchakni nishonga oldi, lekin "Vest Xem" golkiperi to'pga eta oldi.
Ikki Pepning biri "Siti" tarkibida ikki futbolchini alishtirishga qaror qildi. Ikkinchi bo'lim o'rtalarida birdaniga Doku va Sherki maydonga tushdi. Sal o'tib – Foden va Reynders ham jangga tashlandi. Mehmonlar hujum uyushtirish, vaziyatlar yaratishda ortiqcha muammoga duch kelmasdi, biroq ulardan naf chiqarishning imkoni bo'lmayotgandi. Nunes ajoyib vaziyatga bo'ldi, ammo uni zararsizlantira olishdi, Xoland va Sherkining zarbalari esa qaytarildi.

"Siti"ning goli shunchaki vaqt masalasidek tuyulardi. Reynders 83-daqiqada jarima zarbasidan tepgan to'pi darvoza to'siniga tegib qaytdi. Mezbonlar himoyasiga bosim soniya sayin kuchayib borardi. So'zimiz isboti sifatida burchak zarbalari statistikasiga etibor qaratsak — 1:15. Qo'shib berilgan ikkinchi daqiqada Xolandning kuchli zarbasidan keyin to'p Mavropanosning boshiga shunday tegdi-ki, himoyachini o'ziga keltirish uchun 2 daqiqa kerak bo'ldi. So'nggi imkoniyat esa Mark Gexida bo'ldi. Standart vaziyatda oldinga borgan markaziy himoyachi markaziy hujumchilardek imkoniyatga ega bo'ldi, ammo yaqin masofadan forvardlardek zarba bera olmadi. Aslini olganda yunonistonlik himoyachining aniq zarbasi emas, angliyalik himoyachining noaniq zarbasi katta ehtimol chempionlik poygasiga yakun yasab berdi.
Natijada, ikkinchi golni ura olmagan «Siti»ning durangga rozi bo'lishdan boshqa imkoni qolmadi. Bu ochko "Vest Xem"ga xavfli zonadan chiqib olish imkonini berdi, lekin "Fulxem"ga qarshi turdagi o'z o'yinini ham durangga olib bora olgan "Nottingem Forest" qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha yana 17-pog'onaga ko'tarildi. "Siti" esa endi "Arsenal"dan 9 ochkoga ortda qolmoqda. Bu vaziyatda Pep jamoasi zaxirasidagi bitta o'yin ham umumiy tasavvurga unchalik tasir qilmayotgandek.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar