Beyl beysbol o'yinida maydonga tushdi
10 avg 2022 23:46
Yangiliklar
Beyl beysbol o'yinida maydonga tushdi
"Los-Anjeles" futbolchisi Garet Beyl beysbol o'yiniga tashrif buyurdi.
Uels terma jamoasi sardori seshanba kuni "Los-Anjeles dojers" va "Minnesota" o'rtasidagi beysbol uchrashuviga jamoadoshi Kellin Akosta bilan birgalikda tashrif buyurgan.
33 yoshli futbolchi mehmon sifatida ramziy manoda birinchi to'pni uloqtirgan holda uchrashuvni boshlab berdi. Mazkur bahs 10:3 hisobida "Los-Anjeles dojers" foydasiga hal bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Beyl "Real Madrid"dagi 9 yillik faoliyatidan so'ng ushbu yozda MLSga ko'chib o'tgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar