"Inter Mayami" va Messi yangi shartnoma borasida kelishib oldi
28 sen 2025 10:15
Yangiliklar
"Inter Mayami" va Messi yangi shartnoma borasida kelishib oldi
Argentinalik hujumchi Lionel Messi AQSHning MLS klubi "Inter Mayami" bilan yangi shartnoma shartlarini kelishib oldi.
Messining amaldagi shartnomasi yil oxirigacha mo'ljallangan. Iyul oyida jurnalist Xavi Kampos Messi klub bilan shartnomani 2028 yil oxirigacha uzaytirmoqchi ekanini, chunki u keyingi Jahon chempionati (2026) va Kubok Amerikasida (2028) ishtirok etmoqchi ekanini xabar qilgan edi.
Messi 38 yoshda, u "Inter Mayami" safida 2023 yildan beri to'p tepmoqda. Faoliyati davomida Messi Ispaniyaning "Barselona" va Franciyaning "Pari Sen-Jermen" klublarida ham o'ynagan. Argentinalik futbolchi sakkiz karra "Oltin to'p" sohibi. Argentina terma jamoasi tarkibida u Jahon chempionati (2022), Amerika Kubogi (2021, 2024), Finalisima (2022) va Olimpiya o'yinlarida (2008) g'olib chiqqan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2
Fikrlar