"Roma" APLdagi futbolchini 20 mln evroga xarid qilish huquqi bilan 3 mln evroga ijaraga oldi
17 avg 15:13
Yangiliklar


"Roma" APLdagi futbolchini 20 mln evroga xarid qilish huquqi bilan 3 mln evroga ijaraga oldi
Leon Beyli "Aston Villa"dan "Roma"ga o'tishga yaqin turibdi.
Avvalroq, klublar vingerni sotib olish sharti bilan ijaraga olish masalasini muhokama qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Insayder Nikolo Skiraning malum qilishicha, tomonlar futbolchini 3 mln evroga ijaraga olish va 20 mln evroga sotib olish bo'yicha kelishuvga erishgan.
Futbolchining sotib olish sharti bilan shartnomasi ham allaqachon kelishib olingan - u 2030 yilgacha mo'ljallangan va "1+4" sxemasi bo'yicha tuziladi.
Leon o'tgan mavsumda "Aston Villa" safida APLning 24ta o'yinida harakat qilib, atigi 14ta o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi, uning hisobida 1ta gol va 2ta golli uzatma bor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar