Son Xyon Mindan pul talab qilgan jinoyatchilar qamoq jazosiga hukm qilindi
08 dek 2025 19:50
Yangiliklar
Son Xyon Mindan pul talab qilgan jinoyatchilar qamoq jazosiga hukm qilindi
Tovlamachilik yo'li bilan "Los-Anjeles" futbolchisi Son Xyon Mindan pul undirishda ayblangan ikki jinoyatchiga hukm o'qildi.
Qaror Seul markaziy tuman sudi tomonidan chiqarildi.
Hukmga ko'ra, 20 yoshli ayol to'rt yilga, uning 40 yoshli sherigi esa ikki yilga ozodlikdan mahrum etildi. Ular 2024 yilning yozida shaxsiy malumotlarini oshkor qilish bilan tahdid qilib, futbolchidan taxminan 300 million von (200 000 dollardan ortiq) undirmoqchi bo'lgan.
Tovlamachilik ayol go'yo Son Xyon Mindan homilador ekanligi haqidagi yolg'on davolari bilan bog'liq edi.
Son Xyon Min 2025/26 yilgi mavsumda "Los-Anjeles" safida 13 o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 4 ta golli pas uzatdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar