“Barsa”ning sobiq azosi: “Messi Ronaldudek mashina emas, u yana kamida 2 yilcha top-darajada o'ynaydi”
08 fev 2020 20:55
Yangiliklar
“Barsa”ning sobiq azosi: “Messi Ronaldudek mashina emas, u yana kamida 2 yilcha top-darajada o'ynaydi”
Peti 2000/01 yilgi mavsum “Barselona” sharafini himoya qilgan.
“Messi – Krishtianu Ronaldu emas. Fizik nuqtai nazardan u bunday mashina bo'la olmaydi. Ronaldu – bu yirtqich, 32 yoshli Messi esa yana bir-ikki yil davomida eng yuqori darajasida o'ynay oladi. “Barsa”dagi buyuk futbolchilar bilan o'ynasa ham u endi oldingi tezlik va driblingga ega bo'la olmaydi. Ishonchim komilki, Leo yakun yaqinligini sezib turibdi. Rosti, unga Angliya chempionati munosib deb hisoblamayman. Messi u bilan qo'pol o'ynashlari, unga qarshi kurash olib borishlarini xush ko'rmaydi. Ispaniyada esa uni avaylashadi. Ingliz muxlislari uni ko'rishdan mamnun bo'lishar ammo men “Man Siti” kabi klubning 32 yo 33 yoshli Messi bilan shartnoma imzolashida hech qanday sabab ko'rmayapman. Bordiyu “shaharliklar” uni rostdan ham sotib olish niyati bo'lganida, buni oldinroq amalga oshirishi kerak edi”, – deydi Peti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar