So’nggi yangiliklar

21:27Акмал Мозговой Жаҳон чемпионатидаги рақиблар, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги иштироки ва "Банияс" ҳақида гапирди  0 20:55Мусиала 164 кундан сўнг "Бавария"нинг умумий гуруҳида машғулотларида қатнашди  0 20:25Расман: "Аякс" июль ойидан бери клубсиз бўлган "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 19:58Мирзаҳаким Тўхтамирзаев "Интерфутбол" кўрсатувининг яралиш тарихи ҳақида сўзлаб берди  3 19:36Расман: Ойбек Рустамов — "Насаф" ўйинчиси  3 19:22ПСЖ Мбаппе ишида ютқазди ва йирик миқдорда компенсация тўлайди  1 18:55"Жар" стадиони "Фейр-плей" совринига лойиқ кўрилди  4 18:34Бруну Фернандеш: "Манчестер Юнайтед" кетишимни истаган, бундан кўнглим оғриган"  2 18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  5 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  7 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  1 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  5 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  7 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  47

Anvar Berdiev: “Biz har bir raqibga qarshi astoydil tayyorgarlik ko'ramiz” Yangiliklar

Anvar Berdiev: “Biz har bir raqibga qarshi astoydil tayyorgarlik ko'ramiz”

Pro liga 16-turining qoldirilgan bellashuvida “Turon” o'z maydonida “Yangier-Quruvchi” (2:0) jamoasidan ustun keldi.

Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev ishtirok etdi. 

O'yin haqida

- Juda qiyin o'yin bo'ldi. Avval takidlaganimdek, Pro ligada o'tkinchi o'yinlar qolmagan. O'z muxlislarimiz qarshisida qiyin va muhim bo'lgan g'alabani qo'lga kiritdik. 

- “Yangier” darvozasini ishg'ol qilgan Sergey Morozov avvalgi bahsda zaxirada qoldirilgandi. Bunga nima sabab bo'lgandi?

- Tarkibdagi barcha futbolchilar men uchun birdek. “Mashal”ning imkoniyatlarini bilganim sababli, Morozovni zaxirada qoldirgandim. “Yangier” bilan bellashuvda u asosiy tarkibda maydonga tushdi va ajoyib o'yin ko'rsatdi. Bir so'z bilan aytganda Morozov jamoaga kerakli futbolchi hisoblanadi. SHaxsan men uning harakatlaridan qoniqish hosil qilmoqdaman.

- Oxirgi o'yinlarda Abdurashidov va Abduraimov o'yinida pasayish kuzatilayotgandek. Yoki ularda jarohat bormi?

- Bilasizmi, Abduraimovga kelsak, jarohatdan endi tuzalib safga qaytdi. “Mashal” bilan bellashuvda ham jarohati bilan oxirigacha o'ynadi. “Yangier”ga qarshi uchrashuvda ham og'riqni his qilgan holda harakat qildi. Men Abdurashidov va Abduraimovning harakatlaridan qoniqdim. 

- Jamoa navbatdagi uchrashuvga qadar 3 kun bor. Bu vaqt davomida jamoangizni tiklanishi uchun etarli vaqtmi?

- Ha, albatta, 10 sentbr kuni o'ynaymiz. Murabbiylar shtabi bilan ortda qolgan bahsni tahlil qilib, tayyorgarlik ko'ramiz. 

- Jamoa “Andijon” bilan uch marotaba o'ynadi va hammasida mag'lub bo'ldi. Keyingi bosqichda ham ushbu jamoaga qarshi to'p tepadi. Balki shu o'yinlarda “Turon” raqibini mag'lubiyatga uchrata oladimi?

- Bilasizmi, har bir o'yin tarix deyish mumkin. CHindan ham “Andijon”ga qarshi o'tkazilgan bellashuvlarda yutqazdik. Oldinda yana ikki bor to'qnash kelamiz va ularda muvaffaqiyat qozonishga urinamiz. Biz kimga qarshi o'ynashimizdan qatiy nazar, astoydil tayyorgarlik ko'ramiz. U xoh “Andijon” bo'lsin, xoh boshqasi. Raqiblarni hurmat qilgan holda tayyorlanamiz.

- Ijtimoiy tarmoqlarda “Lokomotiv” futbolchisi Kaxi Maxaradze kelishilgan o'yinlarda aralashib qolgani aytilmoqda. Bunga munosabatingiz qanday?

- To'g'risi, bu narsa futbolchining vidjoniga bog'liq. Bu halol pul topish emas. Men buni qoralayman va uni hazm qila olmayman. Aytaylik, shuni ortidan yaxshi pul topdi, lekin boshqa tomondan u yanada katta bo'lib chiqib ketadi. Bu mening shaxsiy fikrim. Bu narsalar ularning o'zlari javob berishsin. “Lokomotiv” rahbariyati buni shunday qoldirmaydi deb o'ylayman.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика