So’nggi yangiliklar

20:32Расман: "Андижон" "Локомотив" посбони билан шартнома имзолади  0 20:17ЖЧ-2026 қуръаси олдидан. Анвар Ғофуров: "Мундиалда шов-шув қилишга қодир бўлган терма жамоамиз шаклланди"  1 20:05Расман: "Пахтакор" футболчиси "Навбаҳор"га ўтди!  3 19:49"Нефтчи"ни яна бир футболчи тарк этди  2 19:33Эшитдик-да! Диёр Холматов жамоасини ўзгартирмоқда  12 19:27Инсайд тасдиқланди: Игорь Голбан энди "Андижон"да!  11 19:10Трент қанча муддатга сафдан чиққани эълон қилинди  4 18:45"Хоразм" етакчиси фаолиятини "Андижон"да давом эттиради  7 18:28Қатар, Саудия Арабистони ва Малайзия клублари Забиҳилло Ўринбоевга даъвогар  6 18:08АПЛда ноябрь ойининг энг яхши мураббийи бўлишга даъвогарлар маълум  3 17:54Инсайд тасдиқланди: Жамшид Болтабоев "Андижон" шарафини ҳимоя қилади  8 17:48Инсайд тасдиқланди: Дилшод Комилов — "Навбаҳор" футболчиси!  3 17:34Райс, Доку ва Фернандеш ва бошқалар: АПЛда ой футболчиси аниқланмоқда  2 17:18Расман: "Навбаҳор" "Андижон" аъзосини трансфер қилди  10 17:00Transfermarkt: Энди Ўзбекистон Суперлигасида 1 миллион ва ундан қиммат 8 футболчи бор  5

JCH-2026 qurasi oldidan. Anvar G'ofurov: "Mundialda shov-shuv qilishga qodir bo'lgan terma jamoamiz shakllandi" Yangiliklar

JCH-2026 qurasi oldidan. Anvar G'ofurov: "Mundialda shov-shuv qilishga qodir bo'lgan terma jamoamiz shakllandi"

Ertaga 2026 yilgi Jahon chempionatining guruh bosqichiga qura tashlanadi.

O'zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor mundialda qatnashadi. Shunday ekan, o'zbek futboli ommasining nigohi ushbu marosimga qaratiladi. Biz esa qura oldidan sobiq futbolchi Anvar G'ofurovning fikrlari bilan qiziqdik. 

"Agar biz guruhdan chiqishni maqsad qilgan bo'lsak, osonroq raqiblar tushgani maqul bo'lardi. Agar biz o'z terma jamoamizni kuchli raqib terma jamoalarga qarshi ko'rish va taqqoslash niyatida bo'lsak, har bir qitaning eng nomdor jamoalariga tushganimiz yaxshi bo'lardi.

Rostini aytsam, menga umuman farqi yo'q — qaysi terma jamoalar biz bilan bir guruhdan o'rin oladi. Aniq bilamanki, men maza qilib terma jamoamizga muxlislik qilaman.

Chunki aniq bilishimiz kerak: JCHda oson raqib bo'lmaydi. Ha, jamoalar soni ko'paydi, lekin ular ham bizning terma jamoamiz kabi saralashlardan o'tgan.

Ishonaman, Jahon chempionatida shov-shuv qilishga qodir terma jamoamiz shakllangan — 2022 yilgi Marokash terma jamoasi kabi. Qolaversa, omad ham kerak bo'ladi", – deydi Anvar G'ofurov.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
04 dek 20:47:12
Жамшид Ярашов
Мазза қилиб марожни еб келмаса бўлди
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика