Elit OCHL. Ro'ziqul Berdiev: "Qiyin kunlarni boshdan kechiryapmiz"
24 noy 23:00
Yangiliklar
Elit OCHL. Ro'ziqul Berdiev: "Qiyin kunlarni boshdan kechiryapmiz"
O'yindan keyingi matbuot anjumanida "Nasaf" klubi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.
- O'yin haqida fikringiz?
- Himoyada o'yinimiz unchalik qovushmadi, bu esa raqibga qo'l keldi. Hujumda ham ishimiz yurishmadi. "Traktor" tartibli himoyalanishini bilardik va shunday bo'ldi ham. Jamoamizda nimalar bo'layotganini juda yaxshi bilaman. Qiyin kunlarni boshdan kechiryapmiz. To'g'risi, hozirgi kunda o'yinimizni bundan ortiq kuchaytira olmaymiz. Afsuski, hujumda qandaydir engillik etishmadi. Bu musobaqada har bir o'yin biz uchun qiyin kechyapti.
- Oybek Bozorov, Murod Rahmatov, Zafarmurod Abdirahmatov kabi futbolchilar bugun nega maydonga tushmadi?
- Abdirahmatov sariq kartochkalar sabab o'yinni o'tkazib yubordi. Murod Rahmatov ham biz uchun katta yo'qotish bo'ldi, chunki uni jamoamizni tark etgan Akmal Mozgovoy o'rnida ko'rgandik. Afsuski, jarohati sabab o'ynay olmadi. Oybek Bozorovga kelsak, oxirgi paytlarda jarohatlar ko'payib ketdi, shu bois qaydnomaga kiritmadik.
- Elit OCHLdagi beshta o'yinda "Nasaf" 14ta gol o'tkazdi. Nima deb o'ylaysiz, raqiblar kuchlilik qildimi yoki himoyada xatolar ko'pmi?
- To'g'risi, ko'p xato qildik deb o'ylayman. Bironta o'yin yo'qki, xatosiz o'tkazgan bo'lsak. To'g'ri, raqiblar ham kuchli, lekin biz xato qilmasligimiz kerak edi. Bugungi raqibni olaylik, bizdan bir bosh baland emasdi. "Traktor" tartibli himoyalandi, lekin yaqqol kuchliligi ko'rinmadi. Mag'lubiyat uchun futbolchilarni ayblamoqchi emasman, birinchi javobgar shaxs avvalo o'zimman. Biz juda og'ir holatga tushib qoldik. Ham o'zimizda, ham xalqaro maydonda qiyinchilikka duch keldik. Nimaga bunday bo'layotganini faqat o'zimiz yaxshi bilamiz. "Traktor" beshta o'yinda bitta gol o'tkazibdi, bu ham himoya yaxshiligidan.
- "Nasaf" har bir turnirda oliy maqsad bilan qatnashishini ko'p bor takidlagansiz. Bu yilgi maqsad qanday edi?
- Hozir chempionlikdan boshqasi "Nasaf" uchun yomon natija bo'lib qoldi. Muxlislarni shunga o'rgatib qo'ydik. Biz katta yutuqlarga sekin-asta erishganmiz. Elit OCHLdagi ishtirokimiz ham biz uchun saboq bo'ladi. Har bir o'yinni tahlil qilgan holda yanada yaxshi qatnashish yo'llarini qidiryapmiz. Elit OCHL o'z nomi bilan elit turnir, afsuski, ishtirokimiz yaxshi bo'lmadi. Hech bo'lmasa Superligada chempionlikni saqlab qolishimiz kerak edi, lekin uni ham qo'ldan chiqardik. "Nasaf" klubining darajasi ko'tarilgani uchun hozirgi holatimiz yomon bo'lib ko'rinyapti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига-2025. "Нефтчи" — Ўзбекистоннинг олти карра чемпиони!
ФИФА Роналду мухлисларининг танқидлари ортидан Жаҳон чемпионати постерини ўчириб ташлади
Манба: "Қизилқум" "Нефтчи"ни ютса, ҳар бир футболчи 40 миллион сўмдан олади
Суперлига. Бугун "Нефтчи" чемпионликни қўлга киритиши мумкин
Fikrlar