Ana xolos! FIFA 2020 yilgi "The Best" taqdirlash marosimini bekor qildi
13 may 2020 16:11
Yangiliklar
Ana xolos! FIFA 2020 yilgi "The Best" taqdirlash marosimini bekor qildi
FIFA bu yil "The Best FIFA Football Awards" taqdirlash marosimini o'tkazmaydi.
"Marca" nashrining xabar berishicha, jahon bo'ylab tarqalgan koronavirus pandemiyasi sabab sovrin 2020 yilda topshirilmasligi haqida qaror qabul qilindi.
Hozircha bu yil FIFA bayrog'i ostida o'tishi kerak bo'lgan musobaqalardan faqat bittasi bekor qilinmagan xolos. Bu dekabr oyiga mo'ljallangan klublar o'rtasidagi Jahon chempionati.
"France Football" nashri tomonidan topshiriladigan "Oltin to'p"chi deyishingiz mumkin. Francuz nashri hozircha bu yil laureatlar aniqlanadimi yoki yo'q degan savolga javob berish uchun bir qarorga kelib ulgurmagan.

"The Best" sovrinining amaldagi g'olibi "Barselona" forvardi Lionel Messi hisoblanadi. U bu yo'lda Virjil van Deyk ("Liverpul") va Krishtianu Ronaldu ("Yuventus")larni ortda qoldirgandi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar