Tramp ruxsat berdi: Eron terma jamoasi JCH-2026 da aniq ishtirok etadi
11 mar 12:27
Yangiliklar
Tramp ruxsat berdi: Eron terma jamoasi JCH-2026 da aniq ishtirok etadi
Unda asosiy etibor mundialga tayyorgarlik va Eron terma jamoasi atrofidagi murakkab siyosiy vaziyatga qaratilgan.
Uchrashuv tafsilotlari va Eron masalasi:
Infantino FIFAning ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalarida suhbat natijalari haqida shunday yozib qoldirdi:
"Bugun kechasi men Qo'shma Shtatlar prezidenti Donald J. Tramp bilan uchrashib, boshlanishiga bor-yo'g'i 93 kun qolgan FIFA Jahon chempionatiga tayyorgarlikning borishini muhokama qildik.
Biz, shuningdek, Erondagi hozirgi vaziyatni va Eron terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionatiga yo'llanma olganini ham gaplashdik. Suhbat davomida prezident Tramp Eron terma jamoasi Qo'shma Shtatlarda bo'lib o'tadigan turnirda, shubhasiz, ishtirok etishi mumkinligini yana bir bor tasdiqladi".
"Futbol dunyoni birlashtiradi"
Shuningdek, FIFA rahbari sportning tinchlik elchisi ekanligiga alohida urg'u berib o'tdi:
"Hozir har qachongidan ham ko'proq bizga odamlarni birlashtira oladigan Jahon chempionati kabi katta voqea kerak. Qo'llab-quvvatlagani uchun Qo'shma Shtatlar prezidentiga chin dildan minnatdorchilik bildiraman — bu futbol dunyoni birlashtirishining yana bir yorqin isbotidir".
Eslatib o'tamiz, 2026 yilgi mundial 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika yashil maydonlarida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Fikrlar
Демак купчилик билмедигон нарсалар куп жудда куп...