Keyn "Bavariya"ning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylandi

5 noya 2026, 22:54
Jurnalist Florian Plettenbergning ma'lum qilishicha, Xarri Keyn "Bavariya"da eng yuqori maosh oluvchi futbolchiga aylangan.

"Uning yangi shartnomasiga ko'ra, ehtimoliy bonuslarni hisobga olgan holda, yillik maoshi soliqlardan oldin 30 million evrodan oshadi. Bu Yevropa futbolidagi eng yirik shartnomalardan biri.

Bonuslar ichki musobaqalardagi sovrinlar, Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyat, yana bir “Oltin to'p”ni qo'lga kiritish, gollar va golli uzatmalar soniga bog'liq.

Uning yangi uch yillik shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi. Shartnomada uni uzaytirish bandi ham, tovon puli belgilangan band ham mavjud emas", - deb yozdi insayder.

Takidlash joizki, Keyn uchun daromad solig'i stavkasi 45 foizni tashkil etsa, u bir yilda soliqlardan keyin 16 million evrodan ortiq mablag' oladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/Plettigoal