

Qoldirilgan bahslar orasida "Al-Nassr", "Al-Hilol", "Al-Ittihod" va "Al-Ahli" klublari ishtirokidagi o'yinlar ham bor.
13-tur doirasida quyidagi uchrashuvlar o'tkazilishi kerak edi:
5 noyabr:
"Al-Xulud" - "Al-Xalij"
"Abha" - "Al-Shabab"
"Al-Qodisiya" - "Al-Fayha"
6 noyabr:
"Al-Fath" - "Al-Riyod"
"Al-Hazm" - "Al-Nassr"
"Al-Ittihod" - "Neom SK"
7 noyabr:
"Al-Faysali Harma" - "Al-Diriya"
"Al-Ittifoq" - "Al-Hilol"
"Al-Ahli" - "Al-Taavun"
Uchrashuvlarning qoldirilishiga 2026/27 yilgi mavsum taqvimini qayta ko'rib chiqish zarurati sabab bo'lgan. Osiyo futbol konfederatsiyasi 2027 yilgi Osiyo kubogi muddatlarini o'zgartirganidan so'ng, Saudiya ligasi taqvimga tegishli o'zgartishlar kiritishga qaror qilgan.
Qoldirilgan uchrashuvlarning yangi sanasi va vaqti hozircha ma'lum qilinmagan. Bu boradagi qarorlar taqvim qayta ko'rib chiqilganidan keyin e'lon qilinadi.



