"Bundan ko'prog'iga loyiq edik". Zidan Italiya bilan haqida

3 okt 2026, 09:35
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Millatlar ligasi guruh bosqichi 3-turidagi Italiyaga qarshi o'yin natijasini (1:1) sharhladi.

"Juda hafsalam pir bo'ldi, biz bundan ko'prog'iga loyiq edik, ammo futbol shunaqa. Biz o'yinni g'alaba bilan yakunlashimiz kerak edi, lekin futbolchilarim bilan faxrlanaman. O'yin mazmuni juda yaxshi bo'ldi, futbolchilarim o'zlarini namunali ko'rsatishdi. Futbolchilarim uchun afsusdaman, chunki ular borlarini berishdi.

Birinchi bo'limda to'pga egalik qildik, ammo bu samarasiz edi, tanaffusda aynan shuni tuzatishga harakat qildik. Raqibga xavf tug'dirish uchun bo'sh hududlarni egallash kerak. Jamoamiz o'yin mazmuniga bazi narsalarni qo'shdi, lekin raqib ham o'z o'yinini - himoyaviy, "italiyacha" o'yin ko'rsatdi. Shu sababli biz juda katta xavf ostida qolmadik", - deydi Zidanning so'zlarini RMC Sport nashri TF1 manbasiga tayanib.

O'xshash yangiliklar


Manba: TF1