"Xorazm" o'z tarixida ilk marta "Bunyodkor"ni mag'lub etdi

5 noya 2026, 23:15
Bugun Superliganing 27-turi doirasida "Lokomotiv" stadionida uchrashuv o'tkazildi.

Unda “Bunyodkor” va “Xorazm” jamoalari bahs olib bordi.

Uchrashuvda xorazmliklarning qo'li baland keldi. Bu esa “Xorazm” jamoasining Superliga doirasida “Bunyodkor” ustidan qozongan ilk g'alabasi bo'ldi.

Bungacha ikkala jamoa o'zaro 7 marta duch kelishgan va shularning 6tasida toshkentliklarning g'alabasi kuzatilgan bo'lsa, bir bahsda durang qayd etilgandi:

16.04.2009 | "Xorazm" - "Bunyodkor" 1:2

09.09.2009 | "Bunyodkor" - "Xorazm" 5:1

14.16.2010 | "Xorazm" - "Bunyodkor" 0:1

01.08.2010 | "Bunyodkor" - "Xorazm" 4:1

18.04.2025 | "Xorazm" - "Bunyodkor" 0:0

14.09.2025 | "Bunyodkor" - "Xorazm" 1:0

18.03.2026 | "Xorazm" - "Bunyodkor" 1:2

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia