Zidan Ronaldu haqida: "Uning buyuk faoliyatiga munosib baho berish kerak, Krishtianu oldida shlyapamni echaman!"

4 okt 2026, 15:13
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan avvalroq "Real"da birga ishlagan "Al Nassr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida hurmat bilan fikr bildirdi.

- Uning buyuk faoliyatiga munosib baho berish kerak. Men u bilan birga ishlash baxtiga muyassar bo'lganman - u menga ko'pgina sovrinlarni yutishimda yordam berdi. Krishtianu oldida shlyapamni echaman!

Men hamisha birga vaqt o'tkazish nasib etgan insonlarga nisbatan katta hurmatda bo'lganman, - dedi Zidan.

Millatlar ligasining Kopengagenda Daniyaga qarshi o'yini (4:2) oldidan Ronaldu murabbiy bilan sodir bo'lgan nizo sababli milliy jamoa ixtiyorini tark etgan edi. Krishtianu terma jamoadagi faoliyatini yakunlagani haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: RMC Sport