

"Bolonya"ga qarshi o'yindan oldingi haftada barcha muxlislar: “Derbida omad tilaymiz”, deb aytishdi. Men buni tushunmayman, chunki o'sha paytda biz uchun eng muhim raqib "Bolonya" edi. Bunday fikrlash tarziga ega bo'lmasligimiz kerak. Bu kichik jamoalar mentaliteti. Kichik jamoalar faqat katta o'yinlar haqida qayg'uradi. Ammo bunday emas, har bir uchrashuv katta ahamiyatga ega.
"Ferencvarosh"ga qarshi o'yin menga jamoam haqida "Inter" bilan bahsdan ko'ra ko'proq ma'lumot beradi. "Inter"ga qarshi o'yinlarga kelsak, so'nggi sakkizta uchrashuv tarixiga nazar tashlang - biz ularning to'rttasida g'alaba qozonganmiz. Bu g'alaba men uchun yangilik bo'lmadi. "Ferencvarosh"ga qarshi bahs esa jamoam haqida ko'p narsani ochib beradi", - dedi "Milan" bosh murabbiyi.
Eslatib o'tamiz, "rossonerilar" 28 oktyabr kuni "Bolonya"ga 2:4 hisobida mag'lub bo'lgan, 31 oktyabr kuni esa "Inter" ustidan 3:1 hisobida g'alaba qozongan edi.



