Zidan: "Biz doimo g'alaba qozonishni istaymiz, biroq jamoa qurishga vaqt zarur"

Iskandarov Abdulaziz
6 okt 2026, 10:06
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Millatlar ligasi 4-turi doirasida Belgiyaga qarshi kechadigan o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Biz doimo g'alaba qozonishni istaymiz – biz sportchimiz, bu biz uchun tabiiy hol. Eng muhimi – uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rish va maydonda o'zini ishonchli his qilish. Hozirgacha kuzatayotgan jamoamiz kayfiyatidan juda mamnunman. Nimani xohlayotganim borasida aniq tasavvurim bor, Fransiya terma jamoasini yaxshi ko'raman va ixtiyorimda yuqori saviyadagi futbolchilar bor. Biroq jamoa shakllanishi uchun ma'lum vaqt kerakligini yaxshi tushunaman.

Maykl Olisemi? Maydon tashqarisida u biroz vazmin va tortinchoqroq, lekin bu umuman muammo emas, chunki maydonda ushbu tortinchoqligidan hatto iz ham qolmaydi. Qolaversa, ko'rsatayotgan o'yini orqali u chinakam yetakchi ekanini namoyon etmoqda. To'p bilan muomala qilishda u o'z istedodini to'liq yuzaga chiqaradi. Terma jamoada u allaqachon o'zini ko'rsatgan bo'lsa, hozirda klub miqyosida ham ajoyib daraja namoyish etmoqda”, – deya Zidanning so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: УЕФА