

Bu haqda Polshaning Prawda Futbolu portaliga tayangan holda Sport.es nashri xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma'lumotiga ko'ra, forvardning maoshi kafolatlangan 15 mln evroni tashkil etadi, yana 5 mln evroni esa Levandovski sport natijalariga qarab bonuslar tariqasida qo'lga kiritishi mumkin.
Levandovskining atrofidagilar u va uning oilasi uchun to'liq hayot rejasini taqdim etgan "Chikago Fayr" klubining qatiyatidan hayratda qolishgan. AQSH klubi hujumchining yashash joyi hamda farzandlari uchun maktab masalasini o'z zimmasiga oladigan bo'ldi. Amerika klubining ushbu taklifi futbolchini Saudiya Arabistoniga o'tish variantlarini rad etishga ishontira oldi.



