Rafinya "Barselona" bo'yicha qaror qabul qildi

14 iyun 2026, 14:56
Kataloniyaning "Barselona" klubi yulduzi Rafinya Dias yaqin kelajakdagi rejalarini belgilab oldi.

Braziliyalik yarim himoyachi Saudiya Arabistoni chempionatidan kelgan foydali takliflarga qaramay, bu yozda klubni tark etmoqchi emas.

"Ko'k-anorranglilar" ham o'z navbatida jamoaning yetakchi o'yinchisidan ajralishni istashmayapti. 29 yoshli vinger Kataloniya top-klubi bilan 2028 yilning iyun oyi oxirigacha shartnoma imzolagan.

Transfermarkt portali braziliyalik futbolchining bozor qiymatini 70 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport.es