

Ma'lumotlarga ko'ra, reyting ko'rsatkichlari uchta asosiy yo'nalish bo'yicha taqsimlangan:
Hujumkorlik
Hujum salohiyati bo'yicha reytingni kolumbiyalik yulduz Luis Dias boshqarib bormoqda (9.49). E'tiborlisi, Abbosbek Fayzullaev ushbu kuchli ro'yxatda uchinchi pog'onadan joy oldi. Uning hujumkorlik ko'rsatkichi 8.01 ballni tashkil etdi va u Jaminton Kampazdan (8.08) keyingi o'rinni band etdi.
Kreativlik
O'zbekistonlik futbolchilar uchun eng muvaffaqiyatli yo'nalish kreativlik va o'yinni tashkil qilish bo'ldi. Bu borada Top-5talikdan naqd uch nafar vakilimiz joy oldi:
Reyting yetakchisi Luis Diasdan (8.8) keyingi o'rinni 7.54 ball bilan Otabek Shukurov egalladi.
Uchinchi pog'onada Farrux Sayfiev qayd etildi (7.06 ball).
Yosh iqtidor sohibi Behruzjon Karimov esa 6.83 ball to'plab, to'rtinchi o'rinni band etdi.
Himoya
Himoya reytingida Kolumbiya vakillari ustunlik qilishdi (yetakchi Daniel Munos - 7.46). Biroq, o'zbekistonlik himoyachilar ham kuchli raqiblar orasida reytingga kirishga muvaffaq bo'lishdi:
Abduqodir Husanov himoyadagi faolligi uchun 6.28 ball olib, ro'yxatning 6-pog'onasidan joy oldi.
Dostonbek Hamdamov esa 6.14 ball bilan 9-o'rinda qayd etildi.



