

Bu haqda Britaniyaning "The Sun" nashri xabar bermoqda.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, Floridadan Kanzas-Sitiga tashish vaqtida futbol to'plari va mashg'ulot anjomlari ham o'g'irlangan. Shuningdek, o'g'irlangan buyumlar orasida tahliliy uskunalar, Tomas Tuxelning taktik doskalari va massaj stollari ham bor.
Angliya terma jamoasi jahon chempionati oldidan Floridada mashg'ulot yig'inini o'tkazib, unda Yangi Zelandiya, Kosta-Rika va mahalliy "Mayami Yunayted" klublarini mag'lub etgan edi.
Ammo jamoa shanba kuni ertalab mehmonxonaga uchib kelgani va tushdan keyin mashg'ulotlarni boshlashi kerak bo'lganligi sababli, ularning yuklari oldindan jo'natib yuborilgan.
Angliya terma jamoasi jahon chempionati guruh bosqichidagi ilk o'yinini 17 iyun kuni Xorvatiya terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.



