"Barselona" hujumchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi

13 iyun 2026, 00:47
"Barselona" klubi hujumchi Ferran Torres bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Kataloniya klubi futbolchiga yangi bitim taklif qilish bo'yicha ishlarni boshlab yubordi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yil iyun oyiga qadar mo'ljallangan.

26 yoshli hujumchi 2025/26 yilgi mavsumda "Barselona" safida 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

Ferran Torres ayni paytda JCH–2026da ishtirok etayotgan Ispaniya terma jamoasi tarkibidan ham o'rin olgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo