

Birinchi bo'limda mezbonlar uchta gol urishga erishdilar. AQSH safida Folarin Balogun dubl qayd etgan bo'lsa, yana bir golni Raul Bobadilya o'z darvozasiga joylab qo'ydi. Ikkinchi bo'limda esa mehmonlar futbolchisi Maurisio Prado bitta golga javob qaytardi. Uchrashuvning so'nggi soniyasida Jovanni Reyna hisobni yirik ko'rinishga keltirdi. Shu tariqa, uchrashuv 4:1 hisobida AQSHning g'alabasi bilan yakunlandi.
JCH-2026. D guruhi. 1-tur
AQSH - Paragvay 4:1
Gollar: 7 - Raul Bobadilya (avtogol), 31 - Folarin Balogun, 45+5 - Folarin Balogun - 73 - Maurisio Prado, 90+8 - Jovanni Reyna
13 iyun. Inglvud. "SoFi Stadium"
AQSH - Frizi, Friman, Richardch, Rim, Robinson, Tilmann, Adams, Dest, Makkenni, Pulishich, Balogun.
Paragvay - Gill, Kaseres, J. Gomes, Alderete, Alonso, D. Gomes, Kubas, Bobadilya, Almiron, Ensiso, Sanabriya.



