Tomas Partiga Kanadaga kirishga ruxsat berilmadi

12 iyun 2026, 23:06
Gana terma jamoasi yarim himoyachisi Tomas Parti Kanada hududiga kira olmadi.

Angliyada zo'rlash bilan bog'liq ayblovlar bo'yicha tergov ostida bo'lgan "Arsenal" sobiq futbolchisi JCH–2026 uchun Gana terma jamoasi qaydnomasiga kiritilgan edi. Afrika qitasi vakillari 18 iyun kuni Torontoda Panama terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

"The Athletic" nashrining xabar berishicha, Kanada hukumati Partining mamlakatga kirishiga ruxsat bermagan.

Mazkur ma'lumotni FIFA ham tasdiqlab, quyidagi bayonotni berdi:

"FIFA mezbon mamlakatlarning immigraciya jarayonlarida, jumladan vizalarni ko'rib chiqish masalalarida ishtirok etmaydi. Avvalgi FIFA musobaqalarida bo'lgani kabi, kimga viza berish va mamlakat hududiga kiritish bo'yicha yakuniy qarorni mezbon davlat hukumati qabul qiladi".

Ma'lumot uchun, Tomas Parti 2025/26 yilgi mavsumni Ispaniyaning "Vilyarreal" klubida o'tkazgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Athletic