

Unga 2021 yilda Krishtianu Ronalduning jamoaga qaytgani borasida savol berishdi.
- Krishtianu Ronaldu 2021 yilda "Manchester Yunayted"ga qaytganida kiyinish xonasidagi muhit qanday edi?
- Men uchun Krishtianu dunyodagi eng yaxshi futbolchi. U qaytganida hamma xursand bo'lgandi. U jamoaga juda katta ta’sir ko'rsatardi. Uning mehnatkashligi hayratlanarli darajada edi: har kuni mashg'ulotlarga birinchi bo'lib kelar va eng oxirida ketardi. Uning klub bilan munosabatlari qanday yakunlanganidan afsusdaman, chunki Krishtianu doim bor kuchini berib o'ynagan. Hozir ham uning Saudiya Arabistonida o'z yoshida nimalar qilayotganiga qarang - u hozir ham ajoyib darajada o'ynamoqda.
- Pol Pogba bilan birga o'ynagan davringizdan qanday xotiralar qolgan?
- Pol biroz telbaroq, ammo yaxshi manoda. Pogba juda yuqori saviyadagi futbolchi. U hayotida og'ir davrni boshdan kechirdi. Biz hozir ham aka-ukadek gaplashib turamiz. Men Polga ishonaman. U o'z darajasiga qaytishiga umid qilaman, - dedi Bayi.



