

"Turnirda avval ham bir necha bor muvaffaqiyatga erishgan va g'alaba qozonish tajribasiga ega bo'lgan jamoalar bor. Aynan ularni favoritlar deb hisoblash mumkin. Biz esa kubok uchun kurashishga kelganmiz va o'z oldimizga eng yuqori maqsadlarni qo'yganmiz. Katta ambiciyalar katta mas'uliyat talab qilishini yaxshi tushunib turibmiz. Mas'uliyat esa biz uchun, birinchi navbatda, ishga bo'lgan munosabat va maydonda bor kuchni berib o'ynashda namoyon bo'ladi.
Biz o'zimizni sovringa da'vogar va har qanday raqibga jiddiy chaqiriq tashlay oladigan jamoa sifatida ko'ryapmiz. Yo'lni oxirigacha bosib o'tishni istaymiz, biroq aynan biz turnirning bosh favoritimiz, deb hisoblamayman", - deya Tuxelning so'zlarini keltiradi ESPN nashri.
JCH-2026da Angliya terma jamoasi "L" guruhidan joy olgan bo'lib, u yerda Xorvatiya, Gana va Panama terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Chorshanba kuni, 17 iyun kuni inglizlar turnirdagi ilk uchrashuvini Xorvatiya terma jamoasiga qarshi o'tkazishadi.



