Xitoyda pora bilan ushlangan 17 nafar inson umrbodga, 48 nafari esa 5 yilga futboldan chetlatildi

22 may 2026, 00:10
Xitoy futbol assotsiatsiyasi korrupsiya jinoyati bilan qo'lga olingan insonlarning uchinchi ro'yxatini shakllantirdi.

Yanvar oyida Xitoy antikorrurciya tashkiloti "Shanxay Shenxua"dan 10, "Shanxay Port"dan esa 5 ochko olib tashlagandi. 73 kishi futboldan umrbod chetlatilgandi.

"South China Morning Post" ma'lumotiga ko'ra, endi assotsiatsiyasi yana 17 kishini futboldan umrbodga chetlatdi, shuningdek, 48 nafar inson 5 yilga futbol faoliyatlaridan mahrum qilindi. Ushbu sankciyalar klub rahbarlari, murabbiylar, futbolchilar va hakamlarga qo'llanildi. Ko'plab holatlarda jazolanuvchilar o'yin natijalariga sun'iy ta’sir qilishgan.

Masalan, 17 nafar umrbod chetlatilganlar orasida "Shenchjen" klubi sobiq menejeri Din Yun, "Chjunyu" klubi sobiq menejeri Shi Yaoyun, "Meychjou Xakka" klubi sobiq menejeri Cao Yan kabi insonlar bor. 48 nafar 5 yilga chetlatilganlar sirasida esa "Guanchjou" klubida bosh menejer bo'lib ishlab kelayotgan Gao Xan, "Beyczin Goan" klubi sobiq bosh menejeri Li Min kabi mamlakatning mashhur futbol insonlari kirgan.

Shuningdek, "Meychjou Xakka" klubi yangi mavsumni -6 ochko bilan boshlashi va 800 000 yuan (117 600 dollar) jarima bilan jazolanishi ma'lum qilindi.

O'xshash yangiliklar


Manba: South China Morning Post