

Mazkur bahsni koreyalik Choy Xyon Jay boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Jang Jung Pil va Chun Jin Xi yordam beradi.
To'rtinchi hakam vazifasini Chxe San Xyop bajaradi.
VAR tizimiga Kim Vusong mas'ul etib tayinlangan. Unga Choy Chul Jun yordam beradi.
Ma'lumot uchun, "Traktor" va "Neftchi" o'rtasidagi Elit OCHL 4-tur uchrashuvi 2 noyabr kuni O'mon poytaxti Maskat shahridagi "Sulton Qobus" sport majmuasida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Avvalroq "Traktor" OFKni "Neftchi"ga qarshi o'yinda ishtirok etmaslik bilan ogohlantirgani haqida xabar berilgan edi.



