Afrika Millatlari Kubogi yana ikki yilda bir o'tkaziladi

Sherzod Nurmatov
30 okt 2026, 15:25
CAF to'rt yillik format haqidagi qarorini bekor qildi.

Afrika Millatlari Kubogi yana har ikki yilda bir marta o'tkaziladigan bo'ladi. Afrika futbol konfederatsiyasi (CAF) qayta ko'rib chiqishlardan so'ng dekabr oyida qabul qilingan to'rt yillik cikl bo'yicha qarorini bekor qildi.

Yangi rejalarga ko'ra, CAF Afrika Millatlari Kubogini ikki yillik turnir - Afrika Millatlari Ligasi bilan almashtirishni ko'zda tutgandi, ammo bu loyiha o'zini oqlashi va xarajatlarni qoplashi uchun bir necha yil talab etilishini tan oldi.

Ikki yillik format anchadan beri futbol taqvimi bilan bog'liq muammolarni keltirib chiqarardi: so'nggi turnirlarning aksariyati Yevropa klublari mavsumining qoq o'rtasida bo'lib o'tgan. Iyun-iyul oylarida 32 ta jamoa ishtirokida kengaytirilgan tarzda o'tkazilgan FIFA klublar o'rtasidagi Jahon chempionati ham CAFni musobaqa sanalarini mavsumning avj pallasiga belgilashga majbur qildi.

Navbatdagi Afrika Millatlari Kubogi 2027 yilda bo'lib o'tadi - unga Keniya, Tanzaniya va Uganda birgalikda mezbonlik qiladi. Keyingi turnirlar esa 2028, 2031 va 2033 yillarda tashkil etiladi. 2030 yilda Jahon chempionati bo'lib o'tishi munosabati bilan ushbu musobaqa o'tkazilmaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: cafonline.com