

Mazkur bahsni avstraliyalik Aleks King boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Endryu Memarakis va Kerni Robinson yordam beradi.
To'rtinchi hakam vazifasini Zinedin Sayadjum bajaradi.
VAR tizimiga Shon Evans mas'ul etib tayinlangan. Unga Bredli Rayt yordam beradi.
Ma'lumot uchun, "Paxtakor" va "Al Nassr" o'rtasidagi Elit Osiyo Chempionlar Ligasi turniri 4-tur uchrashuvi 2 noyabr kuni Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi.



