Policiya "El Klasiko"da Kamavingaga hujum qilgan muxlisning shaxsini aniqladi

Sherzod Nurmatov
30 okt 2026, 13:45
Ispaniya policiyasi yaqinda bo'lib o'tgan "El Klasiko" vaqtida "Real" yarim himoyachisi Eduardo Kamavingaga hujum qilgan "Barselona" muxlisini topdi.

“Diario AS” nashrining yozishicha, voqea "Real" futbolchilari burchak bayrog'i yaqinida ikkinchi golni nishonlayotgan vaqtda sodir bo'lgan. Tribunadagi kataloniyalik muxlislardan biri o'zini tuta olmay, flagshtok bilan fransiyalik yarim himoyachining yuziga zarba bergan.

Kuzatuv kameralaridagi yozuvlar sharofati bilan huquq-tartibot organlari qoidabuzarning kimligini tezda aniqlashdi. Endi bu muxlis jiddiy jazoga yuz tutishi mumkin: unga 3 000 dan 60 000 evrogacha jarima solinadi hamda 2 yildan 5 yilgacha bo'lgan muddatga sport inshootlariga kirish taqiqlanadi.

Bundan tashqari, ish "Barselona"ning intizom qo'mitasiga topshirilgan bo'lib, klub agressorni umrbod klub a'zoligi maqomidan mahrum etishi mumkin.

Takidlash kerakki, "Barselona" va "Real" o'rtasidagi ayovsiz raqobat doimo yuqori hissiyotlar ostida kechadi. Biroq La Liga va huquq-tartibot organlari futbolchilarga nisbatan har qanday tajovuzga nisbatan murosasizlik siyosatiga amal qiladi.

Eslatib o'tamiz, "Real" so'nggi to'qnashuvda "Barselona" ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozongan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario AS