

Fransiyalik futbolchi Mao Czedun haqida gapirib, uni "xitoylik diktator" deb atagani sababli Xitoyda tanqidlarga uchradi. Shundan so'ng mamlakatda Ispaniya chempionati o'yinlari translyatsiyasi to'xtatildi, shuningdek, Mbappe ishtirokidagi barcha reklamalar efirdan olib tashlandi. Keyinchalik "Real" hujumchisi o'z so'zlari uchun uzr so'radi.
Biroq futbolchi uzr so'raganiga qaramay, Ispaniya chempionatini namoyish etuvchi Xitoy telekanali yakshanba kuni bo'lib o'tadigan "Real" - "Rasing" uchrashuvini efirdan olib tashladi.
11-turning qolgan barcha uchrashuvlari esa belgilangan jadval asosida translyatsiya qilinadi.



