

Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, oldinroq Mbappe intervyularidan birida yuzi Xitoy siyosatchisi Mao Czedun qiyofasiga tushirilgan tasvirni eng kulgili mem deb atab, uni "Xitoy diktatori" sifatida tilga olgan edi.
CCTV (Xitoy markaziy televideniesi) telekompaniyasi har qanday keyingi muhokamalar uchun majburiy shart sifatida "Real"dan rasman uzr so'rashni talab qilmoqda.
XXR Tashqi ishlar vazirligi Mbappening o'zi tomonidan keltirilgan uzr ma'lumot uchun qabul qilinganini bildirdi, biroq turli mahalliy tashkilotlar tomonidan e'lon qilingan boykot bekor qilinishi yoki yo'qligiga aniqlik kiritmadi.



