"Lacio" Sarri ketganini e'lon qildi. Klub yakunlangan mavsumda A Seriyada 9-o'rinni egalladi va Italiya Kubogi finaligacha yetib bordi

Aslanov Jasurbek
27 may 2026, 20:04
Mauricio Sarri "Lacio"ni tark etdi.

Rim klubi 67 yoshli mutaxassisning bosh murabbiylik lavozimidan tomonlarning o'zaro roziligiga ko'ra ketganini e'lon qildi.
Sarri 2025 yilning iyun oyidan buyon "Lacio"ni boshqarib kelayotgan edi. Bungacha u 2021 yildan 2024 yilgacha ham jamoani boshqargan. Yakunlangan mavsumda "burgutlar" A Seriya turnir jadvalida 54 ochko bilan 9-o'rinni egallashdi va Italiya Kubogi finaliga qadar yetib borib, unda "Inter"ga imkoniyatni boy berishdi (0:2).
Avvalroq Sarri "Atalanta"ni boshqarishi, "Lacio"ning yangi murabbiyi esa Djennaro Gattuzo bo'lishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: https://www.sslazio.it/