"Barselona" Gordon bilan shartnoma borasida kelishib oldi (Fabricio Romano)

Administrator
27 may 2026, 21:59
"Barsa" Entoni Gordon bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi.

"Barselona" "Nyukasl" yarim himoyachisi Entoni Gordon bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi. Insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, 25 yoshli angliyalik futbolchi bilan shaxsiy kelishuv shartlari to'liq kelishib olingan. "Barselona" kelishuvni yakunlash uchun "Nyukasl" bilan rasmiy muzokaralarni olib bormoqda.

Qayd etilishicha, Kataloniya klubi hali ham Gordonni o'z safiga qo'shib olishga urinayotgan "Bavariya" va APLning bir qator klublaridan o'zib ketish uchun transferni imkon qadar tezroq amalga oshirmoqchi.

The Athletic nashrining yozishicha, kataloniyaliklar Angliya terma jamoasining 25 yoshli vingeri uchun 80 million evro (69,3 million funt) va bonuslar taklif qilgan.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Fabrizio Romano