

– Siz prezident etib saylansangiz, Joze Mourinyu bosh murabbiylikka nomzod bo'lishi mumkinmi?
– U inson haqida bir nima deya olmayman, chunki uning [Peres bilan] haqiqatdan ham aloqasi bor-yo'qligini bilmayman. Mening loyiham butunlay boshqacha, shu sababli bunday savollarni u bilan muloqotda bo'layotganlarga bergan maqul.
– Sport sohasiga oid biror bir detalni oshkor qila olasizmi?
– Biz uzoq muddatli loyihaga mos keladigan murabbiyni tayinlaymiz. "Real Madrid" uchun tanlaydigan nomzodimizdan sosos (klub a'zolari) juda ham faxrlanishadi. Bu birinchi kundanoq odamni ruhlantiradigan, shu bilan birga, aniq ierarxiya, tashkilotchilik va real boshqaruv imkoniyatlariga ega bo'lgan haqiqiy professional tuzilmani yaratadigan loyihadir.
– Bu inson ilgari "Real"da ishlaganmi?
– Yo'q. "Real" qisqa muddatli istiqbollar doirasida ish yuritishda davom eta olmaydi. Hozir yangi davrga o'tishning ayni vaqti. Albatta, shu paytgacha erishilgan yutuqlar etirofga loyiq, ammo bizning taklifimiz - professionallashtirish va modernizaciya qilishning boshqa modeli asosida yaqin, o'rta va uzoq muddatli istiqbolga mo'ljallangan loyihani barpo etishdir.
– Yurgen Klopp - real variantmi?
– Biz jahon futbolidagi eng yaxshi murabbiylar, yani "Real" kabi klubni boshqarish uchun zarur bo'lgan tajriba va yetakchilik fazilatlariga ega insonlar nomzodini ko'rib chiqyapmiz. Tabiiyki, shunday kalibrdagi murabbiylar jamoani boshqarsa, bundan faqat xursand bo'lardim.
– Ammo aynan Klopp bilan variant mavjudmi?
– Hozirgi bosqichda "ha" yoki "yo'q" deb ayta olmayman. Bu muzokaralar bilan loyiha doirasida ishlayotgan sport mutaxassislari shug'ullanishmoqda, hozircha bundan ortiq hech narsa deya olmayman. Yaqin kunlarda ko'ramiz, – deya javob berdi tadbirkor.



