

- O'yin haqida fikringiz?
- Hammaga xayrli kech. Barchani g'alaba bilan tabriklayman. Raqibimiz "Paxtakor farm" turnir jadvali quyi pog'onalarida borayotgan bo'lsa-da, bizga qiyin o'yin taklif etdi. Bu jamoa istalgan jamoaga qarshilik ko'rsata oldi. Oson bo'lmagan bahsda g'alaba qozondik.
- "Aral" birinchi taymni yaxshi o'tkazdi, biroq ikkinchi bo'limda sust harakat qildi.
- To'g'ri aytdingiz, bugun ikki xil taym ko'rdik. O'tgan o'yinda ham shunday bo'lgandi. Har bir uchrashuvni bir xil tempda o'tkazish oson emas. Raqibimiz yosh va tezkor. Bizga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko'rib kelgan ekan. Ikkinchi taymda orqaga qaytishimizga to'g'ri keldi, qarshi hujumlardan foydalanishni maqul ko'rdik. Omadli va omadsiz harakatlarimiz bo'ldi, ishlashda davom etamiz.
- Bugun yaqin taqibchilar - "Metallurg" va "Sho'rtan" o'zaro to'qnash kelib o'yin durang natija bilan yakun topdi.
- Xursand bo'lishga hali erta. Biz hali Superligaga chiqqanimiz yo'q. Chempionat davom etyapti. Biz o'yindan o'yinga harakat qilib boryapmiz. Maqsadimiz har bir bahsda yuz foizli natija qayd etish.



