Mustaqil futbol regulyatori: aksariyat ingliz klublari moliyaviy inqiroz yoqasida turibdi

Administrator
14 okt 2026, 00:30
Angliya klublari moliyaviy muammolarni boshdan kechirmoqda.

Aksariyat ingliz klublari moliyaviy inqiroz yoqasida turibdi. Bu haqda mustaqil futbol regulyatorining hisobotida ma'lum qilingan. Tadqiqot shuni ko'rsatdiki, Angliyaning eng yuqori beshta divizion klublarning 94 foizi zarar bilan ishlamoqda, Angliya futbol ligasi (EFL) va Milliy liga klublarining 60 foizdan ortig'i esa texnik jihatdan to'lovga qobiliyatsiz hisoblanadi.

Regulyator "o'sib borayotgan qarzlar va klub egalari tomonidan moliyalashtirilishga haddan tashqari qaramlikning xavfli uyg'unligi klublar hamda ularning muxlislarini xavf ostida qoldirayotgani" haqida ogohlantirmoqda.

Hisobotda, shuningdek, APLning iqtisodiy yutuqlariga qaramay, divizionlar o'rtasidagi va ularning ichidagi moliyaviy tafovut sezilarli darajada kengaygani qayd etilgan.

Hujjatda quyidagi ma'lumotlar keltirilgan:

– Angliyaning beshta yuqori ligasidagi klublarning 94 foizi 2025/26-yilgi mavsumda zarar ko'rdi;

– EFL va Milliy liganing 17 ta klubi, hatto futbolchilari bepul o'ynagan taqdirda ham, zarar bilan ishlashda davom etgan bo'lardi;

– Klublarning 66 foizi egalari tomonidan yangi moliyaviy mablag'lar ajratilmasa, 90 kundan ortiq faoliyat yurita olmasdi;

– Klublarning 29 foizi bunday moliyalashtirishsiz hatto 30 kun ham dosh bera olmasligini bildirgan;

– Klublarning 60 foizida umuman biznes-reja yo'q.

Regulyatorning fikricha, mazkur hisobot ingliz futboli uchun "ogohlik qo'ng'irog'i bo'lishi kerak".

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: BBC