LIVE. YCHL. "Galatasaroy" – "Barselona" 1:1 (matnli translyatsiya)

13 okt 2026, 23:54
Yevropa Chempionlar Ligasi 2-turidan o'rin olgan bahsning matnli translyatsiyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.

“Galatasaroy” – “Barselona” 1:1

Gollar: 28 - Aleksey Batrakov, 43 - Joau Kanselu

“Galatasaray”: 1. Ugurjan Chakir, 6. Davinson Sanches, 4. Ismail Yakobs, 17. Eren Elmali, 34. Lukas Torreyra, 83. Aleksey Batrakov, 11. Yunus Akgyun, 99. Mario Lemina, 27. Rafael Leau, 45. Viktor Osimxen, 53. Barish Alper Yilmaz.

Zaxira: 24. Jankat Yilmaz, 70. Enes Emre Byuyuk, 3. El-Shaday Bitshiabu, 7. Roland Shallai, 42. Abdulkarim Bardakji, 8. Gabriel Sara, 10. Leroy Sane, 18. Lesli Ugochukvu, 20. Ilkay Gyundogan, 74. Renatu Nyaga, 21. Deniz Gyul, 73. Berat Lush.

“Barselona”: 1. Joan Garsiya, 5. Pau Kubarsi, 18. Jerard Martin, 2. Joau Kanselu, 24. Erik Garsiya, 16. Rodri, 8. Pedri, 10. Lamin Yamal, 7. Fermin Lopes, 20. Dani Olmo, 17. Entoni Gordon.

Zaxira: 13. Voycex SHHensni, 25. Dominik Livakovich, 3. Aleks Balde, 12. Xavi Espart, 23. Jyul Kunde, 4. Brayan Farinyas, 6. Gavi, 22. Mark Bernal, 9. Gabriel Jezus, 14. Karim Adeyemi, 29. Xamza Abdulkarim.

47. Yamalning ajoyib uzatmasidan so'ng Gordon deyarli bo'sh darvozani ishg'ol qilolmadi…

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+3. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+2. Navbatdagi zarba Olmodan bo'ldi, Chakir to'pni qaytardi!

45+1. Gordonning ajoyib tarzda yo'llagan zarbasini Chakir super seyv ko'rsatib bartaraf etdi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

45. Gordonning uzoq masofadan yo'llagan zarbasidan so'ng Chakir to'pni qaytardi.

44. Qaytdi, “Barsa”. Turkiyaliklar ham endi tempni tushirishmaydi.

gettyimages-2300046117-2048x2048.jpg

43. GOL! Kanselu hisobni tenglashtirdi! Olmoning uzatmasidan so'ng Joau darvozani ishg'ol qildi.

40. Osimxen - bugungi uchrashuvda offsaydlar qiroli bo'lib turibdi.

37. Akgyunning zarbasini Garsiya qaytardi.

36. Gol bekor qilindi. O'sha holatda offsayd bo'lgan ekan.

36. Anchagina cho'zilyapti ko'rib chiqish gol bo'lgan holatni.

35. Stop, holat VARda ko'rilmoqda.

34. GOL! Osimxen hisobni ikkitaga oshirdi! Burchakdan uzatilgan to'p palapartishlikdan so'ng Osimxenga keldi va uning zarbasi golga aylandi.

29. Endi o'yin qizishi aniq yanada. “Barsa” hali bu mavsumda hisobda ortda bormayotgan edi.

gettyimages-2299520766-2048x2048.jpg

28. GOL! Batrakov hisobni ochdi! Turkiyaliklar qarshi hujumga qochib ketdi, Leau chapdan yurish qilib, to'pni markazga uzatdi va Aleksey darvozani ishg'ol qildi!

25. Kanseluning uzoqdan tepgan to'pini Chakir ajoyib tarzda qaytardi!

24. Olmoning bosh bilan bergan zarbasi birozgina noaniq bo'ldi…

18. Ferminning jarima maydonchasi tashqarisidan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ketdi.

16. Gordon jarima maydonchasi ichidan turib zarba berdi, Chakir to'pni qaytardi!

12. Yamalning uzoq masofadan bergan zarbasi noaniq bo'ldi.

9. Osimxenga uzatilgan edi to'p, biroq holat offsayd deb topildi.

6. Olmo birga-bir vaziyatga chiqib kyetib, zarba berdi, biroq darvozabon to'pni qaytardi!

1. O'yin boshlandi.

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Yevropa Chempionlar Ligasi 2-turidan o'rin olgan “Galatasaroy” – “Barselona” bahsining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia