Bobur Abdurahmonov: "Birinchi bo'limda xatoga yo'l qo'ydik, ikkinchi taymda o'zimizga kelib oldik"

Administrator
13 okt 2026, 23:56
Proliga 22-turdan o'rin olgan "Paxtakor farm" – "Aral" uchrashuvidan so'ng "Paxtakor farm" jamoasi bosh murabbiyi Bobur Abdurahmonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?
- Bugungi bahs juda qiziqarli kechdi. Stadiondagi muhit ham ajoyib bo'ldi va futbolchilarimiz maza qilib o'ynashdi. Yigitlarga bugungi o'yin uchun rahmat aytaman. Birinchi bo'limda o'zimiz yo'l qo'ygan xatolar sabab gol o'tkazdik. Lekin ikkinchi taymda o'zimizga kelib oldik, o'yinni va to'pni nazorat qila oldik deb o'ylayman.

- Ikkinchi taymdagi shijoatni birinchi taymda ko'rmadik. Buning sababi o'tkazib yuborilgan gol bilan bog'liqmi?
- Futbolchilarimizning aksari yosh, shu sabab xatoga yo'l qo'ydik. Qolaversa ko'pchilik muxlislar qarshisida to'p tepish ham oson bo'lmadi, futbolchilarimizni hayajon bosdi, keyin esa o'zimizga kelib oldik. Ikkinchi davrada kuchayishimizni oldin ham aytgandim, bungacha yigitlar U-19 chempionati, Birinchi ligada o'ynashdi. Proligada jamoamiz ancha tajriba orttirib boryapti.

- Jamoangizning asosiy maqsadi?
- Maqsadimiz - "Paxtakor" asosiy jamoasiga o'yinchi etkazib berish.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Championat.asia