

– Bugungi o'yin haqida fikrlaringiz qanday?
– Barchasini o'zingiz ko'rdingiz. Peshqadamga qarshi jamoalar doimo ko'tarinki ruh va yuqori ishtiyoq bilan o'ynaydi. Shuning uchun, nima ham deya olaman? "BuxDU" maydonga tushib, o'z o'yinini namoyish etishga va bizga, yani peshqadamlarga munosib qarshilik ko'rsatishga bor kuchini sarfladi. Qanday bo'lmasin, biz g'alaba qozonishimiz shart edi va yakunda kerakli natijaga erishildi. O'yin unutiladi, natija esa tarixda qoladi.
– Jamoaning o'tgan o'yinga nisbatan rotaciyaga qo'l urganini ko'rdik. Bu haqda nima deya olasiz?
– Shunday, so'nggi o'yindan so'ng biz tarkibda bir nechta o'zgarishlar va o'rin almashtirishlarni amalga oshirdik. Asosan qanotlardagi o'yinni kuchaytirishga harakat qildik. Himoya chizig'ida esa, afsuski, Rasul Musaev to'rtinchi sariq kartochkasini olgani sababli bu o'yinni o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi. Shu bois biz Jumaevni boshqa poziciyaga o'tkazishga qaror qildik. Jalolov esa chap qanot himoyachisi poziciyasini egalladi. Maydon markazida ham xuddi shunday o'zgarishlar yuz berdi.
– Jamoani oldinda keyingi ikkita murakkabroq o'yin kutib turibdi: "Olimpik Mobiuz" va "Kattaqo'rg'on"ga qarshi. Bu o'yinlarga qanday tayyorgarlik ko'riladi?
– Biz o'z rejalarimizga muvofiq, odatiy rejimda tayyorgarlikni davom ettiramiz. Tabiiyki, bu tayyorgarlik biz o'tkazgan oldingi o'yinlardagidan biroz farq qilishi mumkin. Lekin, umuman olganda, jamoa bilan birgalikda oldindan tuzilgan rejalarimiz bo'yicha harakat qilamiz.



