Vadim Shodimatov: "FarDU" bilan bahs tomoshabop kechdi"

Sherzod Nurmatov
7 sen 2026, 19:35
Proliganing 18-turidan o'rin olgan “FarDU” bilan bellashuvidan keyin (1:1) “Aral” bosh murabbiyi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Umid qilamanki, ko'pchilik o'yindan zavq oldi. Biz bahsga jiddiy hozirlik ko'rgandik. Sababi “FarDU” stabil natijalarga erishib kelmoqda. Ular bilan mehmonda to'qnash kelish qiziq bo'lishini bilardik. O'ylaymanki, muxlislar yorqin o'yin guvohiga aylanishdi, uchrashuv tomoshabop kechdi. “FarDU” muxlislar ishonchini oqlab, so'nggi daqiqalarda gol urdi va durangga erishdi. Afsuski, g'alabani saqlab qola olmadik”, – dedi murabbiy.

- Arislan Yusupbaev nega zaxirada qolib ketmoqda?

- Arislan Yusupbaev operaciya qilingan. Bir yil oldin unda disk churrasi bor edi. U uzoq vaqt davomida tiklandi. Sekin-asta o'ziga kelib bormoqda. Bugun uni maydonga tushirdik va tezkorligidan foydalanishga harakat qildik. Uning o'yini qayerdadir o'xshadi, qayerdadir o'xshamadi.

- "Aral"ning bu yilgi maqsadi qanaqa?

- Maqsadimiz - Superligaga chiqish. Buning uchun navbatdagi o'yinlarda faqat g'alaba qozonishimiz kerak. "FarDU"ga ham ijobiy natijalarni tilayman. Jamoa yaxshi shakllangan. Murabbiylar buning ustida ishlagani yaqqol ko'rinib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia