

- O'yin haqida fikringiz?
- G'alaba bilan muxlislarimizni tabriklayman. Bugun sentyabr oyidagi oxirgi o'yinimizni o'tkazdik. Endi FIFA kunlari sabab qisqa tanaffus yuzaga keladi. O'yindan oldin g'alaba qozonib muxlislarimizni xursand qilish niyatida edik. O'ylaymanki, chiroyli futbol namoyish etgan holda bu ishni uddaladik. Ko'p gol urgan bo'lsak-da, oson o'yin bo'lmadi, chunki peshqadamga qarshi hamma ikki karra kuch bilan harakat qiladi. O'ylaymanki, ko'rsatgan o'yinimiz muxlislarga yoqdi.
- Darhaqiqat ochiq futbol ko'rdik, ayniqsa birinchi taymda jamoangiz yaxshi harakat qildi, lekin ikkinchi bo'limda zaxiradan tushganlar o'zlarini ko'rsata olishmadi.
- To'g'ri aytdingiz, ikki xil taym guvohi bo'ldik. Birinchi taymda yetakchilik biz tomonda bo'ldi, hujumga ham tezkorlik bilan o'tdik. Ammo ikkinchi bo'limda o'yin tempi biroz pasaydi. Shu bois himoyaviy o'yin ko'rsatishga o'tdik. Bu esa o'z navbatida qarshi hujumlarda harakat qilish imkonini berdi.
- Ruslan Qalmag'ambetov bugun gol ura olmadi. U almashtirilayotganida bundan norozi ekanini ifoda etdi.
- Ruslan ajoyib yigit. U eng yaxshi o'yinchilarimizdan biri. Ha, bugun to'p kirita olmadi, shunga qaramay u ajoyib hujumchi. U har o'yinda harakat qilyapti va jamoaga foyda keltiryapti. Bugun gol urmaganidan xavotirlanmasa ham bo'ladi. U to'pni o'zida ushlab jamoaga yordam berdi.



